Shu yilning avgust oyida Missuri shtatining Ferguson shahrida oq tanli politsiyachi Darren Uilson 18 yoshli qora tanli Maykl Braun ismli amerikalikni otib o'ldirgan edi. Yigit do'kondan o'g'rilik qilib chiqib kelayotgan bo'lgan. Buni isbotlovchi video mavjud. Lekin u o'lishga munosib emas edi, otilishiga irqchilik sabab bo'lgan, deydi norozi omma. Ishni o'rganib chiqqan va muhokama qilgan oliy hay'at politsiyachini sugda tortmaslikka qaror qildi. Ferguson tug'yonda. Norozilik namoyishlari qonli tus olishi mumkin degan xavotirlar bor.