Din

O'zbek imom: Islom vatandoshlar hayotida muhim rol o'ynaydi

Saidmaqsudxhon Muhammadxonov Samarqand va Buxorodagi diniy dargohlarda ilm olgan

27 yoshli Saidmaqsudxon Muhammadxonov bugun Nyu-Yorkning Bruklin tumanida o'ziga xos nufuz va ishonchga ega taqvodor. Vatandoshlar nazarida u jamoa xizmatidagi qori, vijdonli, sofdil yigit.

Uning o'zi ham boshqa minglab o'zbekistonliklar singari AQShga grin-karta, doimiy yashash va ishlash imkoniyatini beruvchi hujjat bilan kelgan. Diniy faoliyatidan tashqari bir korxonada ishlaydi, oilali, ikki farzandli.

Saidmaqsudxon Muhammadxonov diniy ilm va tarbiyani bolalikdan boshlagan. Keyinchalik Buxorodagi taniqli madrasalarda o'qib, so'ngra o'zi tug'ilib o'sgan Samarqandda imom-xatiblik qilgan.

Uch yildan beri Amerikada yashayotgan qori fikricha, vatandoshlar o'z masjidlarini ochishi kerak.

"Amerika Ovozi" bilan suhbatda Saidmaqsudxon Muhammadxonov buning o'ziga xos sabablarini tushuntirib berdi. Gapni u avvalo yaqinlashayotgan Ramazon oyidan boshladi.

Marhamat, tinglang.

Your browser doesn’t support HTML5

Nyu-Yorkdan o'zbek imom: Islom vatandoshlar hayotida muhim rol o'ynaydi - Navbahor Imamova

Your browser doesn’t support HTML5

Ramazon oyi - muqaddas davr... Nyu-Yorkdan qori Saidmaqsudxon Muhammadxonov

Saidmaqsudxon Muhammadxonov farzandlari bilan, Nyu-York