Nyu-York taksi haydovchisi o'z joniga qasd qildi

  • Amerika Ovozi

Nyu-Yorkda taksi haydovchilar orasida o’z joniga qasd qilayotganlar ko’p. Yaqinda ruminiyalik haydovchi garajda o’zini osgan. Bu shu yildagi to’rtinchi suiqasd. Sabab nima?

Your browser doesn’t support HTML5

Sariq taksi haydovchisi o'zini osdi

​Moliyaviy tushkunlikda bo’lgan 65-yoshli rumin muhojir 30 yil davomida shahar aholisiga xizmat qilgan. Tajribali haydovchi bo’lgan.

“U bunga chidolmadi, lekin men o’lganimcha kurashaman, bunga haqqim bor. Shahar byudjetiga hissa qo’shayapmizku, ular bizni talon-taroj qilmoqda. Buni shundayligicha qoldirib bo’lmaydi”, - deydi ruminiyalik yana bir haydovchi Nikolay Hent.

Nyu-York shahrida 13 mingdan oshiq sariq taksi bor. 2012-yilda ishga tushgan “Uber” kompaniyasi hozir 60 mingdan ziyod haydovchiga ega.

“Birodarlarimizning fojiali o’limini ko’rish azob. O’z mashinasini haydayotganlarning ahvoli tang. Sariq taksi medalioni to’lovini qoplolmay bankrot. Yashil taksi biznesi esa butunlay sindi”, - deydi Nyu-York taksi korporatsiyasi xodimi Bayravi Desay.

2018-yil fevralda Nyu-York shahar hokimiyati qarshisida limuzin haydovchisi o’zini otib o’ldirgan. Fojiadan so’ng “Facebook”da taksi haydovchilari haftasiga 100 soatdan ortiq ishlashi odatiy holligi va ular hamon moliyaviy inqirozni boshdan kechirishi haqida xabarlar tarqalgan.

“Bu oy ijara haqqini to’lashga qurbim yetmadi”, - deydi bir taksichi.

Kam odam chiqsa ko’p soat ishlashga to’g’ri keladi. Nyu-Yorkda taksichilarning 90 foizini muhojirlar tashkil qilarkan, eng tajribali haydovchilar inqirozda.

“Topganimiz mashina ijarasi, yoqilg’idan ortmaydi. Birinchi 10 soatda xarajatlarni qoplash uchun ishlaymiz. Kuniga 15-16 soat ishlashga to’g’ri keladi”, - deydi hindistonlik haydovchi.

“Sariq taxi biznesi shunchalar cho’kdiki, haydovchilar qanday qilib tirik yurganiga hayronman”, - deydi Emanuel Agbay.

U nigeriyalik. Litsenziyalangan medalionli sariq taksi egasi. O’z mashinasida ishlaydi. 2014-yillarda sariq taksi medalioni bir million dollardan ortiq bo’lgan davrlarda olgan. Applikatsiya/ilovalar orqali taksi chaqirish xizmati rivojlangan sari medalion narxi beshdan-bir barobarga tushib ketdi. Mijozlar ham bu applikatsiyalarning narxi va qulayligiga o’rgangani sayin sariq taksiga talab tushib bormoqda.

“Har kuni ishlashga tayyorman, jon deb ishlayman. Ma’lumotim, bilimim bo’lishiga qaramay haydovchilikni tanlaganman. Ishimni qanchalik yaxshi ko’rmay, bir narsa orttirolmasam, bu ishdan nima foyda?”, - deydi Emanuel Agbay.

Your browser doesn’t support HTML5

Taksichi o'z joniga qasd qildi