Obama: Iqlimdagi o'zgarish dunyoga tahdid solayapti

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Globla iqlim va ekologik siyosat

Prezident Obama kecha Alyaskada boshlangan uch kunlik anjumanda iqlim o'zgarishi mavzusida ma'ruza qildi. Uning aytishicha, bu jarayon dunyoga tahdid solmoqda.

Davlat departamenti homiyligida uyushtirilgan konferensiyada ilmiy hamkorlik, yangilanadigan energiya manbalari, favqulodda holatlarda tezkor chora ko'rish, Arktikadagi dengizlarda noqonuniy baliq oviga qarshi kurash xususida ham gap ketadi.

"Iqlim o'zgarishi haqidagi bilimlarimiz kun-sayin ko'paymoqda. Inson faoliyati iqlimga biz kutgandan tez salbiy ta'sir qilmoqda. Fan takomillashib, bizdan ancha olisda deb o'ylangan tahdidning yaqinlashayotganini isbotlamoqda", - dedi Obama.

AQSh rahbarining iqlim o'zgarishiga qarshi qaratilgan qator tashabbuslariga qaramay, ekologik tashkilotlar anjuman o'tkazilayotgan bino tashqarisida namoyish qildi. Ular Obama ma'muriyatining "Shell" neft kompaniyasiga Alyaska sohillarida kon qazish ishlarini kengaytirishga rusxat berganini qoraladi.

Olimlarga ko'ra, harorat ko'tarilishi oqibatida muzliklar erimoqda, suv sathi ko'tarilib, toshqinlar, boshqa turdagi tabiiy ofatlar yuz bermoqda, so'nggi paytda Alyaskada yong'inlar ko'payib, suv bo'ylarida eroziya kuchaymoqda.

Obama bugun Alyaskada eriyotgan Arktika muzliklarida chiqdi.