Prezident Barak Obama 2014-yil byudjetini taklif qilar ekan, kelasi 10 yilda kamomad ikki trillion dollarga qisqarishi umid qilinmoqda.
Buning uchun badavlat amerikaliklar va kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari kesilishi yoki umuman bekor qilinishi, yiliga bir million dollar yoki undan ko’p daromad ko’ruvchilarga 30 foizlik soliq stavkasi belgilanishi ko’zda tutilgan.
Obama byudjetining qiymati 3,77 trillion dollarga teng bo'lib, ulug’ yoshdagi amerikaliklar uchun zarur ijtimoiy va tibbiy himoya dasturlarini ham kesish kutilmoqda.
Prezident byudjet loyihasi kamomadni yopish uchun eng mukammal reja emasligini tan olmoqda.
Biroq uning aytishicha, unda ham respublikachilar, ham demokratlarning talab va takliflari uyg’unlashgan.
Bugun Obama rejani muhokama qilish maqsadida Oq uyda 12 nafar respublikachi qonunchi bilan uchrashadi.