O'tgan bir yil ichida maxfiy dasturlari fosh etilgan AQSh Milliy xavfsizlik agentligi isloh qilinadi. Prezident Barak Obama bugun bu haqda e'lon qildi.
Hamkor davlatlarning rahbarlarini zimdan kuzatishga nuqta qo'yiladi. Amerika fuqarolarining telefon muloqotlarini eshitish amaliyoti ham adliya tizimi tomonidan ma'qullangan holdagina amalga oshiriladi.
Hukumat shubhali shaxslarni yashirin tarzda tekshirishda davom etadi, bu xavfsizlikni ta'minlash uchun juda muhim, deydi prezident Obama. Jarayonni boshqaradigan maxsus idora ochilishi kutilmoqda.
2013-yilning bahorida xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden maxfiy programma haqida keng ommani boxabar qilib, hukumatni uyaltirganidan beri Obama ma'muriyati amaldagi siyosatni qayta ko'rib chiqamiz deya va'da berib kelayotgan edi. Tizim qanchalik isloh qilinadi, buni vaqt ko'rsatadi, deydi razvedka sohasi mutaxassislari.
Milliy xavfsizlik agentligining bildirishicha, Snouden Amerikani qo'lida 1,7 million hujjat bilan tark etgan. Tartib-qoidani buzgani uchun uni javobgarlikka tortish lozim deya undab kelmoqda bu boshqarma rahbarlari.
Obama deydiki, agar hukumat biror fuqaro yoki chet ellikdan shubhalanmasa, ya'ni bu shaxs davlat xavfsizligiga raxna solayotganlikda gumon qilinmasa, u odamning boshqalar bilan aloqalarini kuzatishdan foyda yo'q va bunga yo'l qo'yilmaydi.
Germaniya kansleri Angela Merkel singari ittifoqchilarning mobil telefonlari va elektron aloqalari maxfiy kuzatuvda bo'lgani fosh etilgach, Oq uy xalqaro hamjamiyat oldida izza bo'lgan edi.
"Men razvedka tizimiga shuni uqtirdimki, agar xavfsizligimiz tahdid ostida ekaniga isbot-dalil bo'lmasa, biz boshqa mamlakatlarning rahbarlari va rasmiylarini, xususan ittifoqchilarimizni, zimdan kuzatmaymiz",- dedi Obama bugungi chiqishida.
AQSh fuqaroligiga kirganlarni ham asossiz kuzatishga barham beriladi va maxsus yo'riqnomaga binoan, majbur bo'linganidagina tekshirish uchun zamin yaratiladi, deydi prezident.
Real olib qaraganda, deydi Obama, Amerika dushmanlarni va tahdidni o'zidan uzoqda saqlash uchun razveka sohasini rivojlantirish va takomillashtirishga majbur.
Uning aytishicha, fuqarolarga erkinlik yoki xavfsizlikni tanlang degan shart qo'yilmayapti. Huquq va qonunlarni buzmagan holda ham xavfsizlikni ta'minlash yo'llari bor va Amerika o'sha yo'nalishdan boradi, deydi prezident.
"Hozir boshlayotgan islohotlarimiz Amerika xalqiga ishonch beradi va razvedka tizimining ishi ham zaiflashmaydi degan umiddamiz",- deydi Obama.
Prezident hozirda Rossiyada yashayotgan Edvard Snoudenning taqdiri haqida gapirmadi. Bugungi ma'ruzasida Obama bu shaxsning qilmishi xususida to'xtalishni istamadi.
Shunisi aniqki, AQSh Rossiyadan Snoudenni ekstraditsiya qilishni so'ramoqda va rasmiylar uni josuslikda ayblaydi.