Prezident Barak Obamaga ko'ra, uning davlati Suriyada hukumatning o'z xalqini zaharlashiga qarab turmasligi kerak. Shu bois, deydi u, Amerika global lider sifatida chora ko'rishi lozim.
Ammo, deya qo'shadi prezident, jahondagi eng tajribali demokratik tuzum sifatida AQShda bunday qarorlar xalq saylagan vakillar tomonidan muhokama qilinishi va Kongressdan ruxsat olinishi shart.
Obama 31-avgust kuni tushdan keyin Oq uydan turib xalqqa va qonunchilarga murojaat qildi.
"Amerika urushlardan to'ygan. Biz mojarolarga aralashishni xohlamaymiz. Iroqdagi uzoq yillik urushni tugatdik. Afg'onistondagi harakatlarni yakunlashga urinayapmiz. Bizga boshqa urush kerak emas,- deydi prezident.
"Lekin Amerika Qo'shma Shtatlarimiz. Adolat, erkinlik va insoniyatni qadrlash tarafdorimiz... Bu ne'matlarning himoyachisimiz. Shunday ekan, Suriya hukumatining qonxo'rligiga ortiq toqat qila olmaymiz... Kongressdan mening qarorimni ma'qullashni so'rayman".
Qonunchilar ayni damda yozgi ta'tilda va 9-sentabrgacha ishga qaytmasligi mumkin. Ammo Obama Kongressdagi liderlardan tezroq qaytib, masalani muhokamaga qo'yishni so'ramoqda.
Obama deydiki, AQSh havo kuchlari Yaqin Sharqda hujumlarga shay holda turibdi. Bosh qo'mondon buyruq berishi bilan safarbar etiladi.
Suriya hukumatiga qarshi missiya tor va cheklangan tarzda olib boriladi. Maqsad Bashar al-Assadni harbiy salohiyatidan ayirish.
"Suriyadagi muammolarni bu harakatlar orqali hal eta olmasligimiz aniq", - deydi Obama.
Mojaro ortida nafaqat hukumatdan norozilik balki azaliy kelishmovchiliklar, mazhablararo nifoqlar ham yotibdi, Amerika ularga aralashishni istamaydi, deydi prezident.
Respublikachilar Obama Kongress oldidan o'tmoqchi ekanini eshitib xursand. Konstitutsiya ham shuni talab qiladi, deydi ular. Urush e'lon qilish vakolati Kongressga tegishli, deya eslatmoqda qonunchilar.
BMT inspektorlari Suriyadagi tekshiruvni tugatib qaytgan va o'z xulosalarini Bosh kotib Pan Gi Munga havola etadi.
Guruh to'plagan materiallar elakdan o'tkaziladi, shifokorlar va bemorlardan olingan ma'lumotlar tasdiqlanishi kerak.
Obama asosan AQSh razvedkasi bergan informatsiyaga tayanmoqda va Vashington BMTning yakuniy hisobotini kutib o'tirmasligi mumkin.
"Men BMT Xavfsizlik Kengashi quvvatlovisiz ham chora ko'raveraman, chunki shu kungacha bu organ Assadni qilmishlari uchun javobgarlikka tuta olgani yo'q. BMT Xavfsizlik Kengashi bir yoqadan bosh chiqara olmayapti", - deydi Obama.
Suriya hukumati kimyoviy qurollar haqidagi gaplar tuhmat deydi. Amerika hujum qilsa, javob berishga tayyor ekanini bildirmoqda.
Assadning yonini olib kelayotgan Rossiya Vashingtonni yetti o'lchab bir kesishga chaqirmoqda.
Prezident Vladimir Putin fikricha Suriya hukumatiga qarshi harbiy chora ahmoqlik bo'ladi, chunki Assad terroristlar bilan urushda va ularni tor-mor qilishga qodir.