Yaqinda Keniya va Efiopiyaga safar qilgan Prezidenti Barak Obama Oq uyda 500 nafar yosh afrikalik yetakchi bilan uchrashdi.
Mandela-Vashington stipendiyasi asosida bu yoshlar Amerikaning 20 universitetida ishbilarmonlikdan tortib fuqarolik boshqaruvigacha bo'lgan turli sohalarda olti hafta malaka oshirdi.
"Qit'a bilan ishlashga shuncha energiya sarflayotganimning sababi shundaki, muammolari hanuz ko'p bo'lsa ham, Afrika olg'a qadam tashlamoqda. U dunyodagi eng tez rivojlanayotgan mintaqalardan biri. O'rta qatlam soni bir milliarddan oshishi, yuz millionlab mobil telefonlar va internetga ulanish imkoniyati yanada ko'payishi kutilyapti. Afrika ahli eski texnologiyadan farovonlik sari sakrab o'tyapti", - dedi AQSh rahbari.
Prezident Afrika yoshlarini taraqqiyotni yanada kuchaytirishga o'z hissasini qo'shishga chaqirdi.
Obama ma'muriyati besh yildirki, Afrikada yosh liderlarni qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Bu boradagi tashabbus davom etadi va kengayadi, deydi rasmiylar.