Kelasi oyda Londonda boshlanadigan yozgi Olimpiya o’yinlarida AQSh ayollar futbol komandasi ham qatnashadi. So’nggi ikki musobaqada oltin medallarni qo’lga kiritgan futbolchilar bu safar ham yutishi kutilmoqda. “Amerika Ovozi” muxbiri qizlarning Nyu-Jersidagi trenirovkalarini kuzatdi.
AQShning futbol bo’yicha ayollar komandasi - jahonda birinchi. O’tgan yili Germaniyada Jahon kubogi finalidagi mag’lubiyat ham uning mavqeiga ta’sir qilmadi. Qizlar Afina va Pekinda oltin medal olishga muvaffaq bo’lgan.
Pia Sundaga - jamoa treneri:
“Odamlar bizni yana yutadi, uchunchi marta oltin medal oladi, deb o’ylayapti. Bu bizga ham dalda beradi”.
18 o’yinchidan 11 nafari ilgari Olimpiya musobaqalarida pishgan.
“Jamoamiz ancha kuchli, tayyorgarligimiz ham a’lo darajada. O’yinchilarimiz har xil. Katta tezlikda yuguradiganlari bor, zo’r texnikaga egalari ham. Juda tajribali qizlar ham bor, yoshlar ham yo’q emas. Angliyadagi asosiy masala – hamma birga yaxshi o’ynashini ta’minlash,” - deydi Sundaga.
Yarim himoyachi, 27 yoshli Xizer Orayli uchun bu hayotidagi uchinchi olimpiada bo’ladi:
“Men 2004 va 2008-yillarda oltin medal olganman. Biz, amerikaliklar, g’alaba qozonishga, birinchi bo’lishga o’rganganmiz. Bu ko’nglimizga ma’qul. Hozirgi mas’uliyat va oldimizdagi maqsad esa - katta sharaf. Bu rost gap. Bizdan boshqa narsani kutishlarini xohlamasdik ham. Biz - Amerika xalqi vakillarimiz axir!”
21 yoshli Aleks Morgan uchun bu birinchi Olimpiada. O’tgan yilgi Jahon kubogida katta mahorat bilan o’ynab, ko’zga ko’rindi. Olimpik terma jamoaga hujumchi sifatida taklif etildi.
“Men yuzlab boshqa sportchilar bilan birga bo’lish imkoniyatidan juda xursandman. Bilasizmi, Olimpiadaga yetishish uchun butun umr ishlash kerak. Biz, sportchilar, bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Bunday yuksak maqsadga erishish naqadar mashaqqatli mehnatligini bilamiz. Bu men uchun katta sharaf,” - deydi u.
Ayollar futbol musobaqalari Londonda 25-iyul kuni, Olimpiadaning ochilish marosimidan ikki kun oldin boshlanadi. Murabbiy Sundaga vatani Shvetsiya terma jamoasi ham ishtirok etadi. So’nggi yillarda bu sohada ko’plab kuchli o’yinchilar yetishib chiqdi, raqobat katta, deydi u:
"Olimpiadada ishtirok etayotgan mamlakatlardan bir nechtasi oltin medal yutishga qodir. Hozirgi vaziyat o’tmishdan, masalan, 1991-yilgi Jahon kubogidan tubdan farq qiladi. Yaxshi komandalar ko’p, o’ynash uslublari har xil”.
Terma jamoaning Nyu-Jersidagi tayyorgarligini tomosha qilayotganlarda esa chempion aynan AQSh bo’lishiga shubha yo’q.
AQShning futbol bo’yicha ayollar komandasi - jahonda birinchi. O’tgan yili Germaniyada Jahon kubogi finalidagi mag’lubiyat ham uning mavqeiga ta’sir qilmadi. Qizlar Afina va Pekinda oltin medal olishga muvaffaq bo’lgan.
Pia Sundaga - jamoa treneri:
“Odamlar bizni yana yutadi, uchunchi marta oltin medal oladi, deb o’ylayapti. Bu bizga ham dalda beradi”.
“Jamoamiz ancha kuchli, tayyorgarligimiz ham a’lo darajada. O’yinchilarimiz har xil. Katta tezlikda yuguradiganlari bor, zo’r texnikaga egalari ham. Juda tajribali qizlar ham bor, yoshlar ham yo’q emas. Angliyadagi asosiy masala – hamma birga yaxshi o’ynashini ta’minlash,” - deydi Sundaga.
Yarim himoyachi, 27 yoshli Xizer Orayli uchun bu hayotidagi uchinchi olimpiada bo’ladi:
“Men 2004 va 2008-yillarda oltin medal olganman. Biz, amerikaliklar, g’alaba qozonishga, birinchi bo’lishga o’rganganmiz. Bu ko’nglimizga ma’qul. Hozirgi mas’uliyat va oldimizdagi maqsad esa - katta sharaf. Bu rost gap. Bizdan boshqa narsani kutishlarini xohlamasdik ham. Biz - Amerika xalqi vakillarimiz axir!”
21 yoshli Aleks Morgan uchun bu birinchi Olimpiada. O’tgan yilgi Jahon kubogida katta mahorat bilan o’ynab, ko’zga ko’rindi. Olimpik terma jamoaga hujumchi sifatida taklif etildi.
“Men yuzlab boshqa sportchilar bilan birga bo’lish imkoniyatidan juda xursandman. Bilasizmi, Olimpiadaga yetishish uchun butun umr ishlash kerak. Biz, sportchilar, bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Bunday yuksak maqsadga erishish naqadar mashaqqatli mehnatligini bilamiz. Bu men uchun katta sharaf,” - deydi u.
"Olimpiadada ishtirok etayotgan mamlakatlardan bir nechtasi oltin medal yutishga qodir. Hozirgi vaziyat o’tmishdan, masalan, 1991-yilgi Jahon kubogidan tubdan farq qiladi. Yaxshi komandalar ko’p, o’ynash uslublari har xil”.
Terma jamoaning Nyu-Jersidagi tayyorgarligini tomosha qilayotganlarda esa chempion aynan AQSh bo’lishiga shubha yo’q.
Your browser doesn’t support HTML5