Onondaga hindu qabilasi yetakchilari 15-aprel kuni Vashingtonda yig’ilib, Inson huquqlari bo’yicha Amerika qo’mitasiga o’z shikoyatini topshirdi. Unga ko’ra, AQSh sudlari Nyu-York shtatida hindularning bir million gektardan ortiq yeri tortib olinishiga qarshi ochilgan da’vo ishlarini ko’rishdan bosh tortib, inson huquqlarini buzgan.
Onondaga rasmiylarining ta’kidlashicha, Nyu-York shtati qabila bilan tuzilgan bir qator kelishuv shartlarini buzgan holda 1788-yildan beri mahalliy xalq yerini o’zlashtirib kelgan.
AQSh sudlari, xususan, Oliy sud ularning yer da’volarini tinglashdan bosh tortgan.
Qabila ushbu da’vo ortidan moddiy to’lov undirish yoki yerlarni qaytarib olish niyatida emasligini aytib, maqsadlari ushbu yerlarni “davolash” jarayoni davom etishini, asrlardan beri atrof-muhitni asrab-avaylash bo’yicha qabila qo'llab kelgan sa’y-harakatlar qayta tiklanishini talab qilish ekanini aytadi.
Onondaga da’vosiga ko’ra, ulardan tortib olingan yerlardagi ifloslangan hududlar tozalanishi kerak. Nyu-York shtatining 875 ming aholi istiqomat qiluvchi 600 kvadrat kilometrga teng maydoni ana shunday e'tiborga muhtoj joy ekani aytiladi.
Onondaga odamlari bugun Nyu-York shahrining Sirakyuz shahri janubidagi 3000 gektarga yaqin yerga egalik qiladi. Irokez hindulari konfederatsiyasining jami olti qabilasi Onondaga da’vosini qo’llab-quvvatlamoqda. Ushbu qabilalarning har biri bugun o’z yeriga, o’z hukumati va qonunlariga ega.
An'anaviy yashash tarzlarini va madaniyatini saqlab qolgan bu qabilalar o’zlarini mustaqil davlat deb hisoblaydi.