Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining matbuot erkinligi bo’yicha maxsus vakili Dunya Miyatovich Qozog’istondagi vaziyatdan xavotirda.
Qozog’istonda yaqinda ikki jurnalist tuhmatda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildi. Mamlakatda bu borada Jinoyat kodeksiga o'zgartirish kiritilishi mumkin.
“Qisqa muddat ichida yuqori martabali rasmiylar tomonidan jurnalistlarning bo’htonda ayblanishi va tanqidiy fikrlari uchun qamalishi mumkinligini ko’ryapmiz. Bu hollar Qozog’istonda erkin matbuotning kelajakdagi ahvoli yuzasidan tashvishlarni kuchaytirmoqda, ayniqsa, parlamentda hozirda muhokama qilinayotgan jinoiy kodeksni oladigan bo’lsak”, - dedi Miyatovich.
1-aprel kuni Sergey Surganov "Insiderman.kz" vebsaytida sudda ko’rib chiqilgan ish haqida tanqidiy fikr bildirgani uchun adliya tizimiga qarshi chiqish va sudyaga tuhmat qilishda ayblangan edi. Surganov to’rt yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
5-iyun kuni Karaganda shahar kengashining uch deputati “Vzglyad na sobitiye” gazetasi muharriri Sergey Perxalskiyni sudga berdi. Sabab – gazetada shahar jamoat transporti tizimining inspeksiyasi haqida tanqidiy maqola chop etilgan. Ish yuzasidan tergov davom etmoqda.
Miyatovich Qozog’iston parlamentining Jinoyat kodeksiga tuhmat va bo’hton haqidagi bandlarni qayta ko’rib chiqish va javobgarlikni kuchaytirish rejasi yuzasidan xavotir bildirdi.
“Bunday o’zgartish Qozog’istonda jamoat fikrini yanada bo’gishi va matbuot erkinligini cheklashi mumkin. Men yana bir bor parlament a’zolariga murojaat qilib, masalani qayta ko’rib chiqishga va hozirgi qonuniy islohotlar doirasida tuhmat uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilishga chaqiraman”, – deydi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti rasmiysi.