Pokistonda xorijlik to'qqiz sayyoh o'ldirildi

  • Amerika Ovozi
Pokiston shimolida qurollangan kishilar xorijlik to’qqiz sayyohni va ularning mahalliy hamrohini o’ldirgan.

Voqea bugun ertalab tinch mintaqa hisoblanmish Ximolay atrofida ro’y berib, o’lganlardan olti nafari Ukraina, uch nafari Xitoy fuqarolari.

Pokiston Ichki ishlar vaziri Chodri Nisar Ali Xon hujum tergov qilinayapti, deydi.

“Tekshiruvda ham politsiya, ham harbiylar ishtirok etmoqda. Xitoylik sayyohlardan biri tirik”, - deydi rasmiy.

Pokistondagi toliblar xurujni amalga oshirganini da’vo qilgan.

Bu - shu yilning mayida AQSh havo hamlasida Tolibon yetakchisi o’ldirilganiga javobdir, deydi jangarilar.