Pokistonda o’tkazilgan so’nggi ommaviy so’rov natijasiga ko’ra, yoshlarning 94 foizi kelajakdan noumid ekan. So’ralganlarning aksariyati harbiylar hukm surgan davr hozirga qaraganda yaxshiroq edi, deya fikr bildirgan. Siyosiy arboblar bunday kayfiyatlardan ogoh bo’lsin, deydi tadqiqot mualliflari.
Pokistonning bundan besh yil avval saylangan hukumati iste’foga chiqdi. 11-mayga yangi saylovlar belgilangan. Yillar davomida harbiylar hukm surgan va siyosatda beqarorlik kuzatilgan mamlakatda hokimiyatning demokratik yo’l bilan saylangan bir hukumatdan boshqasiga o’tishi tarixiy ahamiyatga ega hodisa.
Biroq Britaniya Kengashi o’tkazgan yangi so’rov natijasidan ma’lum bo’lishicha, Pokiston yoshlari kelajakka umidsizlik bilan qaraydi. Yoshi 18 dan 29 gacha bo’lganlarning aksariyati davlat rahbarlari kambag’allik, korrupsiya, Tolibon hujumlari kabi muammolarga qarshi samarali kurasha olmayapti, degan fikrda.
“Yangi avlod saylamoqda” nomli izlanish mualliflaridan biri sobiq elchi Maliha Lodhiy.
“Bu hisobot Pokiston siyosiy rahbariyatini seskantirishi kerak. Chunki mamlakat yoshlari orasida umidsizlik ruhi kuchliligi aniqlandi. Yigit-qizlarning 94 foizi kelajakdan umidim yo’q, demokratiya tizimiga ishonmayman, degan. Siyosiy rahbarlar, umuman siyosatga ishonchsizlik bilan qarashini e’tirof etgan”.
So’rovdan aksariyat yoshlar amaldagi hukumat faoliyatidan noroziligi ayon bo’ldi. So’ralganlar harbiylar hukmron davr yaxshiroq edi, deb javob bergan. Ayrim yoshlar fikricha, siyosatchilar hokimiyatga kelgach faqat o’z manfaati va karmonini o’ylaydi, oddiy fuqaro demaydi.
Bu harbiylar siyosatga aralashishi kerak degani emas, deydi Lodhiy.
“Bugunda Pokistonda aksariyat aholi demokratik tuzum davom etsin degan fikrda yakdil. Harbiylar ham shunga qo’shiladi”.
Britaniya Kengashi o’tkazgan so’rov natijasiga ko’ra, Pokiston yoshlari demokratik yo’l bilan saylangan hukumatga ishonmasa-da, saylovda katta rol o’ynaydi. Yoshlarning 60 foizi 11-may kuni saylov uchastkalariga borish niyatini bildirgan. 2008-yilgi saylovda ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 44 foizi qatnashgan edi.
Yoshi 18 dan 29 gacha bo’lgan saylovchilar 25 million atrofida bo’lib, saylovchilar umumiy sonining 30 foizini tashkil etadi.