Pokistonda taniqli jurnalist o'ldirib ketilgan

  • Amerika Ovozi

Pokistonning Sind viloyatini suv bosgan... O'z uyida vahshiyona tarzda o'ldirib ketilgan jurrnalist Faysal Qurayshiy bu mamlakat hayoti haqida "London Post" veb-gazetasiga yozar edi.

Pokistonda ko’zga ko’ringan, yosh jurnalist o’ldirib ketilgan. Faysal Qurayshiyning mayda-mayda qilingan jasadi Lohurda, uning uyidan, topilgan.

28 yoshli jurnalist “London Post” gazetasi muxbiri edi. Maqolalari asosan internetda chop etilar edi.

Qurayshiyning akasi Zohidning aytishicha, Faysalni uning ishi, siyosiy-tanqidiy materiallari sabab o’ldirishgan.

Uni muntazam qo’rqitishar, har bir maqolasi ketidan ogohlantirishar edi, deydi Zohid Qurayshiy.

Pokistonda siyosat deganda qabilaviy, etnik va diniy kuchlar hamda ular orasidagi kelishmovchiliklar nazarda tutiladi.

Bu mamlakat dunyoda jurnalistlar uchun eng xavfli jamiyatlardan biri.