Malala Yusufzoyga hujum qilgan sakkiz odam ozod qilindi

  • Amerika Ovozi

Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzoy 2012-yil, 12 yoshida Svot vodiysida uyiga ketayotib boshidan o'q yegan edi.

Pokistonda qizlar uchun ta'lim imkoniyatlari yo'lida kurashgan Malala Yusufzoyga hujum qilgan 10 kishidan sakkiz nafari ozod qilingan. Ularni ayblash uchun yetarli dalil-asos yo'q, deydi Pokistonning Svot vodiysi politsiya idorasidan Salim Marvat.

Shu yilning aprelida o'n shaxs Malalaga hamla qilganlikda ayblanib, 25 yilga ozodlikdan mahrum qilingani aytilgan edi. Ularning ustidan sud jarayonida mustaqil matbuot vakillari qatnashishiga ruxsat berilmagan. Jarayon yopiq eshiklar ortida o'tgan. Endi ayon bo'lishicha, o'n kishidan faqat ikkisi aybdor topilgan.

Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzoy 2012-yil, 12 yoshida Svot vodiysida uyiga ketayotib boshidan o'q yegan edi. Hujumdan omon qolgan qizni Britaniyada davolashdi; u bugun Britaniyada yashaydi.

Pokistondagi toliblar hujum ularning ishi ekanini da'vo qilgan va qiz vataniga qaytsa, yana hujumga uchrashi haqida ogohlantirgan.

Malala Tolibonning qizlarni o'qishga yo'latmayotganidan shikoyat qilib, Bi-Bi-Si Urdu xizmatida blog yozgan va shu orqali tanilgan. U Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan eng yosh vakila.

Tinchlik yo'lidagi xizmatlari uchun Nobel mukofoti