Isroil hukumati Sharqiy Quddusdagi ibodatxonani hamma yoshdagi musulmonlar uchun ochib berdi.
Rasmiylar avvalroq, sentabrda joriy etgan cheklov hududda falastinlik va isroilliklar o'rtasida zo'ravonlik va to'qnashuvlarni avj oldirgan edi.
Xususan, juma kunlari al-Aqso masjidiga yosh musulmonlar kirishi man qilib qo'yilgan edi. Bu joy ham yahudiy, ham musulmonlar uchun muqaddas qadamjo hisoblanadi.
Amerika Davlat kotibi Jon Kerri shu hafta Berlinda Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan ko'rishib, ixtilofni tinch yo'l bilan hal qilish haqida gaplashib olgan.
Netanyaxuning qayta-qayta ta'kidlashicha, g'alayonni avj oldirayotgan - Falastin tomoni, xususan, Hamas guruhi va Falastin Prezidenti Mahmud Abbos.
Jon Kerri esa Isroil va Falastinni bir-birini ayblashni bas qilishga, so'nggi qonli to'qnashuvlarni tugatishga undamoqda. So'nggi bir oyda zo'ravonliklar isroillik sakkiz fuqaro va yana 50 nafar falastinlikni hayotdan olib ketdi.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5