Panama mashmashasi ketidan rasmiylar bosim ostida

  • Amerika Ovozi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin shaxslarga tegishli yashirin, offshor hisoblar ham aniqlangan. Biroq Moskva pinagini buzmayapti.

Boy va qudratli shaxslarning yashirin hisoblari fosh qilinishi ortidan Islandiya bosh vaziri ishdan ketdi. Argentina prezidentidan ham iste'foga chiqish talab qilinmoqda. Offshor, ya'ni chet o'lkalardagi bu hisoblar yordamida bu shaxslar soliqdan qochgan, korrupsiyaga qo'l urgan bo'lishi mumkin.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga yaqin shaxslarga tegishli yashirin, offshor hisoblar ham aniqlangan. Biroq Moskva pinagini buzmayapti.

Rossiya muxolifatidan Aleksey Navalniy "Amerika Ovozi" bilan suhbatda Panama mashmashasi nomli bu ish salmoqli o'zgarishlarga yetaklashi mumkin, deydi.

Panama mojarosi ketidan Putinni javobgarlikka tortish haqida biror da'vatlar yangrayotgani yo'q.

Lekin Islandiya Bosh vaziri Sigmundur Gunleygson joriy hafta ishdan ketdi. U va rafiqasi Britaniyaning Virginiya orollarida yashirin korporatsiyaga egaligi fosh qilindi.

Argentinada Prezident Maurisio Makridan iste'foga chiqish talab qilinmoqda. U aybdor emasman, deydi.

Mashhur, boy shaxslarning chet davlatlardagi yashirin mulkiga doir hujjatlarni yuzlab jurnalistlar Panamada asoslangan "Mossak Fonseka" huquqiy firmasidan jamlagan. Firma hujjatlarni xakerlar o'g'irlagan, o'zimiz berib qo'yganimiz yo'q, deydi.