Panama mashmashasiga doir hujjatlar internetda

  • Amerika Ovozi

Panamadagi advokatlik shirkatidan o’g’irlangan minglab hujjatlar endi global tarmoqda. “Panama mashmashasi” nomini olgan voqea o’tgan oy ovoza bo'lgan edi.

Ulardan ma’lum bo’lishicha, “Mossak va Fonseka” idorasi dunyoning badavlat siyosatchilari va yulduzlarining ofshor, ya'ni chet davlatdagi hisoblarini yuritgan.

Tanqidchilarning aytishicha, bu insonlar soliq to’lamaslik uchun ofshor shirkatlardan foydalanmoqda. Internetda 200 mingdan ziyod odamlarning hisob ma’lumotlari oshkor etildi.

Bu ishga qo’l urgan jurnalistlardan Marina Gevaraning aytishicha, bu bilan hokimiyat fuqarolar qo’liga topshirildi.

Ofshor hisoblari oshkor etilganidan so’ng, masalan, Islandiyada bosh vazir, Ispaniyada esa sanoat vaziri ishdan ketdi.

“Mossak va Fonseka” kompaniyasi uning mijozlari qonun doirasida ish qilganini, soliq imtiyozlarini taklif etuvchi shirkatlar qonunan faoliyat yuritishini aytadi.

Masalan, Qo’shma Shtatlar ofshor kompaniyalar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi.

Ammo tanqidchilar eydiki, bunday shirkatlardan asosan soliq to’lashni istamagan badavlat odamlar foydalanadi va natijada soliq yuki o’rta va kam daromadli fuqarolar gardaniga tushadi.

Dushanba kuni 300 nafar iqtisodchi dunyo rahbarlariga murojaat qilib, ofshor kompaniyalar faoliyatini bekor qilishga chaqirdi.

O'zbekiston bilan bog'liq hujjatlar mana bu va mana bu yerda.