AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi hududiy munozaralar mojaroga yetaklashi mumkinligidan xavotirda. Panetta bugun Yaponiyada. Bir hafta davomida qator mamlakatlarga tashrif buyuradi.
Rasmiy Tokio Xitoy bilan Sharqiy Xitoy dengizidagi bir necha orol ustida talashar ekan, bugun Tokioda Xitoyga qarshi namoyishlar bo’lib o’tgan. Panetta har ikki davlatni o’zini provokatsiyadan tiyishga chaqirmoqda.
"Orollar bo’yicha provokatsion harakatlar noto’g’ri talqin etilib, kutilmagan oqibatlarga, to’qnashuvga olib kelishi mumkin. Mojaro yuzaga kelsa, boshqa hududlarga ham tarqalish ehtimoli bor", - deydi Panetta.
AQSh mudofaa vaziri Xitoyni Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari, ASEAN ga a’zo davlatlar bilan muloqotga chorlayman, toki munozaralarni hal etish uchun bir format ishlab chiqilsin, deydi.
Xitoyda ham Yaponiyaga qarshi namoyishlar bo’lgan. Odamlar Yaponiyaga qarashli korxonalarga hujum qilib, do’konlarni o’margan, yapon firmalari idoralariga bostirib kirgan.
Yaponiya Bosh vaziri Yoshixiko Noda bu kabi tartibsizlik va bezoriliklarni qoralagan.
Leon Panetta Xitoy va yangi Zelandiyada ham bo’ladi.