Pentagon rahbari Leon Panetta Xitoyni Qo’shma Shtatlar bilan harbiy rishtalarni mustahkamlashga chaqirmoqda. Kommunistik davlat Osiyoda ta’sir doirasini oshirib, armiyasini kuchaytirish bilan band ekan, Amerika mojarolarning oldini olish harakatida.
Vashington Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga e’tiborni oshirgan bir paytda, Xitoy buni o’z taraqqiyotiga to’siq va tahdid deya xavotirda. Oq uy esa Pekinni regionda agressiv xatti-harakatda ayblab, tanbeh berib keladi.
Bu ziddiyatni bosdi-bosdi qilish niyatida AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta uch kunlik safar bilan Xitoyda.
Panetta Xitoy Mudofaa vaziri Lian Guanli bilan ko’rishib, jurnalistlar savollariga javob berdi. Uning aytishicha, harbiy hamkorlik ko’lamini oshirish orqali kelgusida to’qnashuvlar va xatolarning oldini olish mumkin.
Qo’shma Shtatlar, dedi Panetta, hamisha butun mintaqa xavfsizligini ta’minlashga harakat qilib kelgan.
“Ikkinchi jahon urushi davridanoq shunday edi. Amerika Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga chuqurroq kirib, farovonlik va barqarorlikni mustahkamlamoqchi. Bundan ham Pekin, ham Vashington manfaatdor”, - dedi AQSh rasmiysi.
Pentagon rahbari Pekinga nozik bir siyosiy pallada tashrif buyurdi. Xitoy va Yaponiya mintaqada kemalar qatnovi, baliqchilik uchun qulay va tabiiy zaxiralarga boy orollarni talashib arazlashib qolgan.
Xitoyda bu orollar Diaoyu, Yaponiyada Senkaku deya tanilgan. Yaponiya – AQShning ittifoqchisi.
Panetta bu ziddiyatlarni hal qilishda tomonlarni vazminlikka da’vat etdi.
“Kelishmovchilikni diplomatiya, muzokara yo’li bilan yechish mumkin. Mintaqa tinchi va barqarorligini buzishdan hech bir davlat manfaatdor emas”, - deydi u.
Amerika va Xitoy o’zaro shubhalarga barham berish uchun sezilarli olg’a qadam tashlamoqda. Panetta so’zlariga ko’ra, Qo’shma Shtatlar Tinch okeani regionida 20 dan ziyod davlat bilan bir qatorda 2014-yilgi xalqaro harbiy-dengiz mashqlariga Xitoyni ham taklif qilgan.
Rasmiy Pekin esa Panettani joriy safari davomida Xitoy shimolidagi harbiy dengiz bazasiga taklif qildi.
Ikki davlat mudofaa vazirlari dengizda qaroqchilikka qarshi birga kurashni davom ettirish haqida ham gaplashib oldi.
Amerika va Xitoy dengiz flotlari avval ham bu kabi qo’shma amaliyotlarni o’tkazgan.
Panetta bugun Pekinda so’zlab, Afg’onistonda mahalliy armiyaning koalitsiyaga hujumlari haqida ham to’xtaldi.
“Bu hamlalar Tolibon kuchga to’liq borayotganidan dalolat bermaydi. Jangarilar xorij qo’shinlariga hujum qilish usulini o’zgartirmoqda, beqarorlik, vahima uyg’otmoqchi. Lekin bu toliblar kengroq hududlarni qo’lga kiritayapti degani emas. Xalqaro koalitsiya va Amerika armiyasi bu borada ustunlikni saqlab qolmoqda va xavfsizlik mahalliy qo’shinlar zimmasiga o’ta boshlagan. Biroq hamlalar xavotirga molik ekanini tan olamiz”, - dedi Panetta.
Your browser doesn’t support HTML5

Amerika Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga chuqurroq kirib, farovonlik va barqarorlikni mustahkamlamoqchi.Leon Panetta, AQSh Mudofaa vaziri