AQShning Kolorado shtatida otishma paytida halok bo'lgan politsiyachi qahramon deya sharaflanmoqda.
44 yoshli ofitser Garret Svazi juma kuni Oilani rejalash klinikasida bir kishi otishma boshlagan payt yordamga oshiqqan va natijada jon bergan edi.
Voqea yana ikki odamni hayotdan olib ketib, yana to'qqiz fuqaro, xususan, besh ofitser jarohatlangan.
Svazini Kolorado universitetida kechagi marosimda yuzlab odamlar yodga oldi.
Hujumni sodir etgan shaxs, 57 yoshli Robert Lyuis Dir abort va boshqa tibbiy xizmatlar ko'rsatadigan klinika xodimlarini besh soat davomida qiynab, so'ng politsiyaga taslim bo'lgan.
Dir dushanba kuni sudda javob beradi.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5