Breaking News

AQShda abort azaldan bahsli masala


Abortga qarshi namoyish
Abortga qarshi namoyish
22-yanvar kuni AQSh Oliy Sudi ayollarning abort qildirish huquqini e’tirof etib, tasdiqlaganiga 40 yil bo’ladi. Shunga qaramay, masala atrofida bahs-munozara tugaganicha yo’q. So’nggi yillarda mamlakatning turli shtatlarida abortni qonunga xilof deb topish uchun kurash jadallashdi. Masalan, Virjiniya shtatida yangi qonunlar qabul qilindi.

Abort masalasi yuzasidan qarama-qarshi fikrga ega guruhlar Virjiniya shtati poytaxti Richmond markazida yig’ildi.

Abortga qarshilar ibodat qilsa, tarafdorlar shiorlar ko’tarib chiqdi.

AQSh Oliy sudi ayollarning homilani oldirish huquqini tasdiqlaganiga 40 yil bo’ldi. Shunga qaramay, mamlakatda reproduktiv salomatlikka oid bahslar to’xtamagan. Endi ular shtat darajasida davom etyapti, jumladan, Virjiniyada.

“Abort odam o’ldirish emas. U hali inson emas-ku”, - deydi bir namoyishchi.

“Abort nima sizningcha?”

“Qiyin ahvolda bo’lgan, zo’rg’a kun kechirayotgan ayol homila oldirsa, tushunaman”.

Yaqinda respublikachi qonunchilar Virjiniyada homilani oldirish imkoniyatini cheklaydigan ikki qonun qabul qildi.

Biriga ko’ra, abortdan oldin homilani ultra-tovush qildirish talab qilinadi. Qonunning avvalgi loyihasida bachadondan mazok olib tekshirish haqida talab bor edi, biroq jamoatchilik e’tirozidan keyin olib u tashlandi.

Ikkinchi qonunga ko’ra, abort qiladigan tibbiy muassasalar kasalxona maqomiga ega bo’lishi kerak. Bu esa homilani olish bilan shug’ullangan ko’p mutaxassislar endi ishsiz qoladi deganidir.

Tarina Kin Virjiniyadagi Abort Huquqi Milliy Ligasining rahbari:

“Mamlakat bo’ylab ko’p shtatlarda ayollarning reproduktiv salomatlikka oid huquqlari asta-sekin cheklanayotganiga guvoh bo’lyapmiz. Ayrim o’zgarishlar nihoyatda jiddiy, keskin”.

So’nggi yilda 15 shtatda abort qildirish imkoniyatlari kamaydi. Bu hali boshlanishi, deydi homila huquqini himoya qilayotganlar. Virjiniyalik Marta Kassel:

“Biz kurashni davom ettiramiz. Qonunlar bir haqiqatni aks ettirisin: inson hayoti tug’ilganida emas, homilaning ilk damlaridan boshlanadi”.

Abortga qarshi qonunchilar yangi hujjatlar bilan chiqish qarorida qat’iy. Bir loyiha homilaga to’laqonli inson huquqi berishni ko’zlaydi.

Homilani oldirish huquqi tarafdorlari ham taslim bo’lmayapti va ayolning haqqini talab qilib chiqaveramiz, deydi. Demak, abort masalasi yuzasidan tortishuvlar hali beri tinmaydigan ko’rinadi.

Abort - Amerikada azaldan bahsli masala/America divided over abortion
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:54 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG