Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning mamlakatini sanksiyalar bilan jazolagan davlatlarga qarshi chora ko'rmoqda. Putin bir yil davomida bu mamlakatlardan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini import qilishni taqiqlashni buyurdi. Hukumatga bu mahsulotlar ro'yxatini tuzish vazifasi topshirilgan.
AQSh va Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar Rossiyani Qrimni o'ziga qo'shib olganlikda va Ukraina sharqida isyonchilarni qo'llab-quvvatlayotganlikda ayblab, qator iqtisodiy, moliyaviy va boshqa turdagi jazo choralarini joriy etgan.
Bir necha kun burun Rossiya Polshadan olma sotib olishni to'xtatdi. Undan oldin esa Kiyevdagi hukumatni qo'llab-quvvatlayotgan Moldova va Gruziyaga nisbatan ham o'xshash choralar ko'rgan.
Rossiya, shuningdek, o'z hududi orqali AQSh va Yevropa aviakompaniyalarining charter parvozlarini man qilish ustida ham o'ylanmoqda. Shunday bo'lgan taqdirda manzilgacha bo'lgan masofa uzayib, chiptalar qimmatlashadi. Bugun Yevropa va Amerika aviakompaniyalarining qimmatbaho bozorda aksiyalarining bahosi tushgan.
1-avgust kuni o'tkazilgan ijtimoiy so'rov natijasiga ko'ra, Putinning reytingi iyul oyidan beri ikki foizga ko'tarilib, 87 foizga yetgan. So'rovda qatnashgan rossiyaliklarning 34 foizi AQSh nisbatan munosabati salbiy ekanini, 40 foizi esa juda salbiy ekanini ma'lum qilgan.