Ozarbayjonda hukumat bosimi va do'q-po'pisaga qaramasdan "Ozodlik" radiosi Bokudagi ishini davom ettiradi, deydi xizmatning rahbari.
Kenan Aliyev "Amerika Ovozi" bilan suhbatda radio ishida qiyinchiliklar serob ekanini aytadi.
Ozarbayjon ichki ishlar xizmati o'tgan hafta "Ozodlik"ning idorasini tintuv qilib yopgan, xodimlarini so'roq qilgan edi.
Aliyevning aytishicha, bu voqea Ozarbayjon qonunlariga mutlaqo ziddir.
Rasmiy Boku hozircha bu borada jim.
Advokatlarimiz hukumatdan izoh talab qilayapti, deydi Aliyev. Muxbirlar advokatlar kelmasidanoq so'roq qilingan, bu esa qonunlarga zid. Ayrim jurnalistlar uyidan tutib olib ketilgan. Ba'zilariga tahdidlar qilingan.
Og'ir sharoitga qaramay, Bakudagi muxbirlar uyidan ishini davom ettiradi, deydi "Ozodlik"ning Ozarbayjondagi idorasi rahbari.
Amerika Davlat departamenti Ozarbayjon hukumatini inson huquqlari, matbuot erkinligini e'zozlashga da'vat etayapti.