"Islomiy davlat" to'dasi Iroqda insoniyatga qarshi va harbiy jinoyatlar sodir etgan bo'lishi mumkin.
Xususan, ozchilik diniy elat, yazidiylarni qirgan, deyiladi BMT inson huquqlari kengashining yangi hisobotida.
Hujjatda odam o'ldirishlar, o'g'irlashlar, qiynoqlar va boshqa vahshiyliklar batafsil sarhisob qilinadi va yuzlab guvohlar hamda jabrdiydalarning ko'rsatmalari keltiriladi. Jangarilar o'tgan yilning iyunidan beri Iroqning qator shaharlarini bosib olgan.
Hisobot mualliflar BMT Xavfsizlik kengashidan Iroqdagi ahvolni Xalqaro jinoiy sudda ko'rib chiqishga da'vat etadi. Shuningdek, Iroq hukumatini qonunbuzarliklarni izchil tergov etishga chaqiradi.
Bundan tashqari, hujjatda Iroq qurolli kuchlari va ittifoqchi jangchilar inson huquqlarini poymol etgani, odamlarni o'ldirib mulkini talon-taroj qilganiga ishora qiluvchi dalillar bor, deyiladi.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5