Moskva yaqinidagi halokatda 18 kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Moskvadan 40 kilometr janubda, 13-iyul, 2013

Rossiyada sement olib ketayotgan katta yuk mashinasi yo’lovchi avtobusi bilan to’qnashib ketib, halokat 18 kishini hayotdan olib ketgan. 20 dan ortiq odam og’ir ahvolda.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 13-iyul, 2013


Voqea Moskvadan 40 kilometr janubda yuz bergan.

Urilish shu qadar kuchli bo’lganki, avtobus ikkiga ajralgan. Rasmiylarning aytishicha, ikkala haydovchi hozir kasalxonada o’lim bilan olishmoqda.

Bu orada Fransiya rasmiylarining bildirishicha, Parij yaqinida kecha sodir bo’lgan temir yo’l halokati biror biror odamning aybi emas. Olti kishi o’lgan, yana 30 yo’lovchi jarohatlangan.

Transport vaziri Frederik Kuvillier deydiki, izchil tergov sabablarni aniqlaydi va tizim yangilanadi. Parijdan 20 kilometr janubda poyezd relsdan chiqib ketgan.

Tezyurar poyezdlari bilan tanilgan mamlakatda yozgi ta’til avjida. Oilaviy sayohatlar asosan temir yo’l orqali qilinadi. Voqea Fransiya bo’ylab kuchli xavotir uyg’otgan.