Rossiya sobiq vaziri Vashingtonda vafot etdi

  • Amerika Ovozi

Mixail Lesin 1999-2004 yillarda Axborot vaziri, 2004-2009 yillarda esa prezident maslahatchisi bo'lgan

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning sobiq maslahatchilaridan biri, 2000-yillarda matbuot vaziri bo'lib ishlagan Mixail Lesin AQSh poytaxtidagi mehmonxonalardan birida o'lik holda topilgan.

Rossiya elchxonasi bu xabarni tasqidlamoqda. Kreml moliyalovchi "Russia Today" televideniyesiga ko'ra, Lesin yurak xurujidan o'lgan. Muxail Lesin bu kanalning asoschisi sifatida ham tilga olinadi.

Sobiq vazir 2004-2009 yillarda Putinga ommaviy axborot vositalari bo'yicha maslahatchi, 2013-2014 yillarda esa Gazprom-Media kompaniyasida yuqori lavozimlarda ishlagan.

AQSh huquq-tartibot idoralari uning o'limi yuzasidan tergov boshlagan.

O'tgan yili respublikachi senator Robin Viker Lesinning AQSh va Yevropada orttirgan boyligi qayerdan kelganini tekshirish lozim, deya AQSh Adliya vazirligiga maktub yo'llagan edi.

Maktubda qonunchi Lesinning Los-Anjeles shahrida 28 million dollarga uy-joy xarid qilganini savolga tutgan.