Moskvadagi cherkovga bostirib kirib, prezident Vladimir Putinga qarshi qo’shiqlar aytgan roker qizlar ikki yil qamoq jazosiga mahkum etildi.
Sud ularni diniy nafratga asoslangan xuliganlikda aybdor deb topgan. Pussy Riot ansambli a’zolarining aytishicha, o’sha kungi aksiyadan maqsad cherkov hukumatga tobe bo’lib qolganini ko’rsatish bo’lgan.
Hukm e’lon qilinar ekan, Rossiya politsiyasi sud binosi qarshisida yig’ilgan yuzlab namoyishchilarni, jumladan, shaxmat bo’yicha jahon sobiq chempioni, Putinning ashaddiy tanqidchisi Garri Kasparovni hisbsga olgan.
Ayrimlar nazarida ijodkorlar cherkovni behurmat qilgani uchun jazoga loyiq.
Huquq faollari deydiki, sud hukmi Kreml har qanday tanqidga chidamsiz bo’lib qolganidan dalolat beradi. Ansambl a’zolari mart oyida qamoqqa olingan edi.
AQSh va Yevropa davlatlari, shuningdek, dunyoga mashhur musiqachi va san’atkorlar ularni avf etishga chaqirgan. Amerika Davlat departamenti nazarida bu ish qayta ko’rib chiqilib, so’z erkinligi kafolatlanishi lozim.
Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Ketrin Eshton ham sud qarorini qoraladi. So’nggi payt Rossiyada oppozitsiya a’zolarini siyosiy maqsadda ta’qib qilish hollari ko’p uchramoqda, deydi u.
Dunyoning turli burchaklarida rossiyalik qo’shiqchi qizlarni ozod etish talabi yangradi.
London, Parij, Kiyev va Vashington kabi shaharlarda namoyishlar o’tkazildi.