Rossiya sudi advokat Sergey Magnitskiy o’limiga aloqadorlik gumoni bilan ushlangan qamoqxona rasmiysini aybsiz topgan. Dmitriy Kratov mas’uliyatsizlikka yo’l qo’ygani, bu esa 2009-yilda Magnitskiyning o’limiga yetaklagani da’vo qilingan edi.
Yosh advokat bir necha rasmiy davlatga qarashli 250 million dollar pulni o’marganini fosh etgach, qamalgan va ko’p o’tmay qamoqxonada jon bergan edi. Bu ish xalqaro maydonda ovoza bo’lib, Rossiya inson huquqlari bobida keskin tanqid ostiga olib kelinmoqda.
AQSh Kongressi shu oy Magnitskiy haqidagi qonun loyihasini ma’qullab, bu ishga aloqador rus mulozimlarini sanksiya bilan jazoladi.
Rossiya esa AQSh fuqarolariga bu davlatdan bola asrab olishni man etuvchi qonun bilan javob berdi. Prezident Vladimir Putin hujjatni bugun imzolagan.
Davlat departamenti mazkur qonun hamda Rossiyadagi AQSh bilan hamkor nodavlat tashkilotlar faoliyatini cheklovchi yangi hujjatdan afsusda. Asrab olish uchun tanlangan va hujjatlari tayyorlanayotgan bolalar ishi to'xtatiladi, degan taxmin bor. Bo'lajak ota-onasi bilan uchrashib, ko'ngil qo'ygan yetim farzandlarga Amerikaga ketish imkoni beriladi, degan umiddamiz, deydi Davlat departamenti rasmiylari.
AQSh oilalari tomonidan asrab olingan rus yoshlari Vashingtonda Rossiya elchixonasiga maktub yo’llagan. Bolalikdan nogironlar aravachasiga qadalgan, maxsus olimpiyachilar poygalarida 10 medalni qo’lga kiritgan Tatyana Makfaden ana shulardan biri.
“Men asrab olingan bolalardan biriman va bu hayotimni saqlab qoldi, muvaffaqiyat qozonishimga ko’maklashdi”, - deydi Tatyana.
Amerikalik oilalar ikki davlat o’rtasidagi ziddiyat barham topadi, degan umidda.
“O’tgan yili Rossiyadan go’zal bir qizaloqni bag’rimizga olgan edik. Hayotimiz quvonchiga aylandi u. Bu mamlakatdan yana bir qizaloqni olmoqchimiz”, - deydi yana bir oila.
Rossiyalik yetim bolalarga panoh beradigan davlatlar ro’yxatida Qo’shma Shtatlar birinchi o’rinda turadi. Davlat departamenti hisobicha, AQSh fuqarolari 1992-yildan beri bu davlatdan 60 ming bolani asrab olgan.