Rossiya meteorit yetkazgan zararni ko'rib chiqmoqda

  • Amerika Ovozi

Meteorit Rossiyani dahshatga soldi

Kecha Ural tog’lari uzra parchalangan meteorit ta’siri o’rganilmoqda. Rossiya mutaxassislari hududdagi yirik ko’lni tekshirmoqda.

Chelyabinsk oblasti osmonida 10 tonnalik tosh parchalangani natijasida 1100 odam jarohatlangan. Ko’plab imoratlar vayron bo’lgan. Isitish tizimlari va muhim inshootlar ishdan chiqqan.

Kuchli zarba oqibatida singan oynalar odamlarga tegib, ulkan zarar ko’rilgan, deydi rasmiylar.

Ekspertlarning aytishicha, meteoritlar deyarli kundalik ravishda sochiladi, parchalanadi, ammo bu aksariyat hollarda okean va inson qadami kam yetadigan joylarda yuz beradi.

Rossiya fanlar akademiyasi bergan ma’lumotlarga ko’ra, meteorit atmosferaga soatiga kamida 54 ming kilometr tezlikda kirgan.

Undan bir necha soat keyin esa 2012 DA14 deb nomlangan asteroid Yer va sun’iy yo’ldoshlar orasidan o’tgani kuzatilgan.

AQSh fazo agentligining bildirishicha, eni 45 metrli bu asteroid sayyoramizdan 27 ming kilometr uzoqlikda bo’lgan.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 16-fevral, 2013