Rossiya janubida Navalniy hujumga uchradi

  • Amerika Ovozi

Aleksey Navalniy, muxolifatchi

Rossiya janubidagi Krasnodar o'lkasida muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy va Korrupsiyaga qarshi kurash jamg'armasining bir necha xodimi hujumga uchragan. Navalniyning aytishicha, hujum qilganlarning ayrimlari kazaklar kiyimida bo'lgan.

Voqea Anapa shahri aeroporti yonida sodir bo'lgan.

Navalniy 30 tacha odam hujum qilganini, uning guruhida ayollar va o'g'li, jami olti odam bo'lganini aytadi. Biri jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashib tanilgan 39 yashar faol o'zi asos solgan jamg'armaning 30 xodimi bilan dam olish kunlari Anapada mashg'ulot o'tkazgan.

Navalniy Rossiyaning qator rasmiylarini korrupsiyada ayblab keladi.

Yaqinda Rossiya telekanalida namoyish etilgan hujjatli filmda Navalniyning o'zi Britaniya va AQSh razvedkasining agenti ekani aytildi.

Your browser doesn’t support HTML5

Bolqon qay yo'lni tanlaydi - G'arb yoki Rossiya?

Your browser doesn’t support HTML5

Yil sarhisobi: Putin nega G'arb bilan ziddiyatga kirishmoqda?