Breaking News

Rossiyada telekanallar ustidan davlat nazorati kuchaymoqda


"Yomg'ir" telekanali Kreml tazyiqlari ostida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:26 0:00

Tahlilchilarga ko'ra, Rossiyada matbuot erkinligi Prezident Vladimir Putin davrida tobora cheklanib bormoqda.Ommaviy axborot vositalari ustidan hukumat nazorati, ta'sir o'tkazish usullari hamda tanqidiy materiallarning cheklanish holatlari kuchaygan. Aholi asosiy yangiliklarni oladigan telekanallar hozir deyarli to'liq davlat nazoratida. Ammo "Yomg'ir" telekanali bundan mustasno.

"Yomg'ir" xususiy telekompaniyasi Kreml siyosatini ochiq tanqid qila oladigan sanoqli ommaviy axborot vositalaridan biri.

"Biz siyosiy maqsadlarga ega tarmoq emasmiz. Siyosiy hokimiyatga qarshi chiqish niyatimiz ham yo'q. Imkon qadar xolis bo'lishga harakat qilyapmiz xolos", - deydi telekanal boshlovchilaridan biri.

Ko'plab xodimlar bu yerdagi erkinlikni deb ishga kirgan. Ayrimlari Kreml nazoratidagi davlat kanallarini tark etgan jurnalistlar.

"Qrim voqealaridan bir oycha oldin "RT" kanalidagi ishimdan voz kechdim. Sharoit noxush tomonga o'zgarayotganini sezgan edim. Boshidan beri o'sha yerda ishlagan odam sifatida buni xavotirli deb bilaman", - deydi jurnalist.

Ammo hukumatga bo'ysunmaslik kanal uchun qimmatga tushdi.

Ikkinchi jahon urushi davrida sovetlar strategiyasini savol ostiga olgan dastur efirga ketishi ortidan kabel kompaniyalari kanalni uzatmay qo'ydi.

Bu bir bahona edi, deydi jurnalistlar.

"Bu faqat Leningrad qamali haqidagi material uchun emas. Ular baribir nimadir sabab topgan bo'lardi. Bir necha kun yoki haftalik narsa bu", - deydi kanal xodimi Ilya Klishin.

Shundan so'ng telekanal faqat internet orqali ishlaydigan bo'ldi.

Hozir uning 70 mingdan ortiq obunachisi bor. Har oy saytida millionlab sahifa ko'riladi.

Ammo kanal uchun muammolar shu bilan tugagani yo'q.

"Biz Rossiya jinoyat kodekslarini buzmagan holda hamma narsani yoritamiz. Ammo ayrim holatlarda Rossiya qonunlari so'z erkinligiga to'siq bo'lyapti", - deydi Klishin.

Ayni paytda "Yomg'ir" telekanali mamlakatning yosh va keng auditoriyasiga chiqish uchun ko'ngilochar dasturlarni yo'lga qo'yish haqida ham o'ylanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG