Sergey Udaltsov yana organlar qo'lida

  • Amerika Ovozi

Muxolifat yetakchilaridan biri Sergey Udaltsov bugungi mitingda organlar tomonidan olib ketilgan

Bugun Moskvaning Lubyanka maydonida hukumatga qarshi namoyishlar bo’lib o’tdi.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 15-dekabr, 2012


Muxolifat yetakchilaridan biri Sergey Udaltsov organlar tomonidan olib ketilgan.

Bir yil oldin shu maydonda Vladimir Putinga qarshi chiqishlar boshlangan va u prezidentlik saylovlaridan keyin ham tinmagan edi.

Putin prezidentlikka kirishgach ommaviy namoyishlarga cheklovlar qo’yildi va nazorat kuchaytirildi.

Bugungi miting uchun ham hukumat ruxsat bermagan, ammo odamlar baribir to’plangan.

Mamlakatda so’nggi oylarda qator yangi qonunlar qabul qilinib, so’z va fikr erkinligi, mustaqil va nohukumat tashkilotlari faoliyati, ularning chetdan moliya olishi, xalqaro muassasalarning Rossiyadagi loyihalari va idoralarining ishi cheklandi.

Xorijdan moliyaviy yordam olgan fuqaroga siyosatda o’rin ham, so’z ham yo’q, deydi Putin.

Kecha yana bir muxolifatchi Aleksey Navalniy ustidan yangi jinoiy ish ochilgan. U moliyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda.

Navalniy o’zi davlat kompaniyasidan 500 ming dollar o’marganlikda ham gumon qilinib, tergov ostida edi.

Muxolifatchi ayblovlarni rad etadi, ammo sudlanib, aybdor deb topilsa, 10 yilga kesilishi mumkin.