AQSh hukumatining maxfiy kuzatuv dasturini fosh etgan Ervard Snouden Rossiyadan vaqtinchalik boshpana olib, aeroportni tark etgan.
U bir oydan oshiq vaqt Sheremetyevo aeroportining tranzit zalida yashayotgan edi. AQSh Rossiya qarorini tanqid qilayapti.
AQSh Milliy xavfsizlik agentligida ishlagan Snouden Rossiyada bir yil qolishga ruxsat oldi. Davlat sirlarini fosh etganlikda ayblanayotgan kompyuterchini Kreml Amerikaga topshirmadi.
Obama ma’muriyati bu qarordan afsusda. Oq uy matbuot kotibi Jey Karnining qayd etishicha, Snouden sud oldida javob berishi kerak. Uni ekstraditsiya qilish uchun Rossiyada haliyam imkoniyat bor.
“Snouden shunchaki chaqimchi emas. U maxfiy ma’lumotni tarqatishda ayblanib, qonunning uch bandi bo’yicha ayblov qo’yilgan. Uni zudlik bilan AQShga qaytarishni so’raymiz, toki qonun oldida javob bersin”, - deydi rasmiy.
Rossiyaning qarori Amerika bilan shundoq ham nozik aloqalarga putur yetkazishi mumkin.
Snoudenning otasi Lon prezident Vladimir Putinga minnatdorchilik bildiryapti. Rossiya televideniyesi bilan suhbatda u, shuningdek, o’g’liga murojaat qilib, maxfiy ma’lumotlarni fosh etishni bas qilishni so’radi.
“Endi buyog’i tinchgina yurib, salomatligini o’ylasa, sog’lig’ini tiklasa yaxshi bo’lardi. Haqiqat sekin-asta yuzaga chiqayapti. Hukumat parda ortida nimalar qilayotganidan Amerika xalqi xabardor bo’ldi, yolg’onlar fosh etildi. Hukumat xalq oldida mas’uliyatni his etishi kerak, ommaviy axborot vositalariga haq gapni aytishi kerak. Biz shuni talab qilamiz”, - deydi Lon Snouden.
Huquq faollari Edvard Snoudenga Rossiyada boshpana berilganini olqishlamoqda. Ammo bu o’lkaning eng keksa va tajribali faollaridan Lyudmila Alekseyevaning aytishicha, yigit fuqaro huquqlarini toptaydigan bir mamlakatga tushib qoldi.
“Bu taqdir emas, fojia. Rossiyada Snouden ancha qiynaldi va oldinda ham uni ko’p sinovlar kutmoqda. Maxsus xizmatlar aeroportda unga tinchlik berishmagan. Unga sabr-toqat va bardosh tilayman”, - deydi Alekseyeva.
Ikki oy ilgari Snouden AQSh Milliy xavfsizlik agentligi yuritadigan pinhona dastur haqida dunyoni ogoh qilgan edi. Fuqarolarning telefon so’zlashuvlari va internetda qaysi saytlarga kirayotganini hukumat kuzatib borayotgani endi hammaga ma’lum.
Your browser doesn’t support HTML5