Markaziy Osiyoda qo'shni davlatlar o’rtasida katta janjalga sabab bo’layotgan suv muammosi bugun yanada murakkablashgan.
O’zbekiston suv manbalariga ega Qirg’iziston va Tojikiston bilan aloqalarni mustahkamlayotgan Rossiyaning mintaqa gidroenergetikasi bo’yicha rejalagan loyihalariga keskin qarshi.
O’zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Ashgabatdagi uchrashuvida iqtisodiy hamkorlikni Yevropa yo’nalishi bo’yicha kengaytirishga kelishib olgan. Yirik GES loyihalari bois mintaqada bir-biriga qarshi qutblar vujudga kelishi mumkin.
Toshkent mintaqada yirik suv to’g’onlari qurilishi va bu masalaga chet davlatlar aralashayotganidan norozi.
Yangi GESlar barpo etishga bel bog’lagan Qirg’iziston va Tojikiston esa bu loyihalarni ichki ehtiyoj deb ataydi, biroq ular amaliyoti uchun tashqi ko’makka muhtoj.
Har ikki davlat bu ko’makni so’nggi paytda O’zbekiston bilan munosabatlari ancha sovuqlashgan Rossiyadan olishga umid qilmoqda.
Suv ziddiyatlari urushga olib kelishi mumkin deya ogohlantirayotgan O’zbekiston prezidenti Islom Karimov o’z pozitsiyasi atrofida ittifoq tuzishga harakat qilmoqda.
Turkmanistonda Islom Karimov va Qurbonguli Berdimuhammedov muzokaralari
mintaqada yirik suv to’g’onlari qurilishiga qarshi qo’shma bayonot bilan yakunlandi.
Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Tojikistonga safari oldidan e’lon qilingan hujjat.
Dushanbeda kechgan muzokaralarda Rossiya Tojikistandagi harbiy baza bo'yicha 30 yillik bitim imzoladi. Tojikistonda ko’zlangan gidro-ishnootlar uchun mablag’ ajratish haqida ham gap ketdi.
Tojikiston Rossiyadan Qirg’izistonda imzolangan shartnomalar kabi hamkorlik bitimi kutmoqda.
Yaqinda Qirg’izistonda bo’lgan Putin Qambarota-1 GESi qurilishi uchun 2,5 millard dollar mablag’ ajratish va mamlakatda Rossiya harbiy bazasini uzoq vaqtga qoldirish haqida hujjat imzolagan edi.
Tojik matbuotiga ko’ra, Putinning Tojikistonga tashrif chog’ida Rog’un GESi bo’yicha hujjat imzolanishi qiyin, biroq boshqa energetik loyihalarda Rossiya ishtiroki haqida bitimlarga qo’l qo’yiladi.
O’zbekiston Moskva qo’yayotgan qadamlarni diqqat bilan kuzatmoqda.
Siyosatshunos Farxod Tolipov fikricha:
“Rossiya Qambarota-1 GESini qurishga qo’shilyotgan ekan, nega endi Rog’unni qo’llab quvvatlamasligi kerak? Agar Qirg’izistonda bu haqda qaror bo’lmaganda, Tojikistonda ham bo’lmaydi deyishga asos bo’lardi. Biroq Bishkekda shunday qarorga kelingach, Dushanbeda ham bu takrorlanadi deyishga asosimiz bor. Rossiya shunday bir kontekstda, ya’ni ham gidro-inshootlar qurishda qatnashish, ham harbiy bazalarini joylashtirish bo’yicha shartnomalar imzolamoqda. Bular esa O’zbekiston manfaatlariga zid keladi”.
Farxod Tolipov deydiki, so’nggi paytda mintaqada geosiyosiy kurash avj olmoqda. Natijada Markaziy Osiyo turli qutblarga ajragan, qarama-qarshi davlatlarga bo’linishi ehtimoldan uzoq emas.
“Rossiya agar shu maqsadda siyosat yurg’izayotgan ekan, bundan biror tomonga foyda bo’lishi qiyin… Mintaqa yana sun’iy ravishda bo’laklanmoqda. Bu albatta mintaqadagi davlatlar, xalqlar rivojlanishiga xizmat qilmaydi, aksincha mintaqadagi muammolarni, ziddiyatlarni yanada chigallashtiradi. Bundan Rossiyaning o’zi ham zarar ko’rishi mumkin”, - deydi Tolipov.
Markaziy Osiyoning asosiy daryolari Amudaryo va Sirdaryo mintaqadagi 60 millionga yaqin aholi ehtiyojini qondiradi. Umumiy suv miqdori kamayishi, qishloq xo’jaligi va gidroenergetikani rivojlantirishga bo’lgan turlicha yondashuvlar mintaqa daryolari yuzasidan ziddiyatlarni qo’zg’ab keladi.
Your browser doesn’t support HTML5