Saudiya Arabistoni nazarida kengashining sustkashligi Suriyada oddiy fuqarolar o’limiga ijozat bermoqda.
Saudiya Arabistoni BMT Xavfsizlik Kengashini ikkiyoqlama siyosatda ayblab, xalqaro idora safiga kirishdan bosh tortdi.
Qirollik tashqi ishlar vazirligi bugungi bayonotida 15 a’zolik kengashda islohotlar o’tkazish zarurligini bildirgan. Jahonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun lozim bu, deyiladi unda.
Saudiya Arabistoni avvalroq kengashni Suriya prezidenti Bashar al-Assadga qarshi rezolyutsiyaga tishi o’tmaganlikda ayblab, qattiq tanqid qilgan edi.
Rossiya va Xitoy, doimiy a’zolar, ushbu rezolyutsiyani to’sib keladi.
Bu orada, aynan qirollik Suriyadagi urushda isyonchilarni boshdan qo’llab-quvvatlab, qurollantiradi. Saudiya Arabistoni nazarida BMT Xavfsizlik Kengashining sustkashligi Suriyada oddiy fuqarolar o’limiga ijozat bermoqda.
Xalqaro organ Isroil-Falastin mojarosini hal qilishga ojizlik qilayotgani ham uning yaroqsiz holda ekanidan nishona, deydi Saudiya Arabistoni rasmiylari.
Kecha Saudiya Arabistoni, Chad, Chili, Litva va Nigeriya BMT Xavfsizlik Kengashida muvaqqat vakillar sifatida taklif qilingan. Ular yanvardan ishga kirishishi kerak. Doimiy maqomga ega bo'lmagan bu mamlakatlarni BMT Bosh Assambleyasi ikki yilga saylaydi.
Kengashda Rossiya, Xitoydan tashqari AQSh, Britaniya va Fransiya doimiy a'zo maqomiga ega.
Ayrim davlatlar muqim a'zolarga berilgan veto huquqini tanqid qilib keladi. Xalqaro hamjamiyat ko'pchilik ovoz bilan qo'llab-quvvatlagan qarorlar birgina mana shu mamlakatlar e'tirozi bilan yo'qqa chiqishi mumkin.