Vashington shtatidagi maktabda otishma

  • Amerika Ovozi

Vashington shtatidagi maktab oshxonasida bir kishi otishma boshlab, bir necha odamni jarohatlangan. Hujumni sodir etgan o'quvchi va yana kamida bir kishi o'lgani aytilmoqda.

Kamida to'rt nafar o'quvchi kasalxonaga yetkazilgan. Uch nafarining ahvoli og'ir, deydi shifokorlar.

Sietl yaqinidagi Merisvil Pilxak maktabida ikki mingdan oshiq bola o'qiydi.

Politsiya binoni xonama-xona tekshirmoqda. Maktab xavf-xatardan xoli ekaniga ishonch hosil qilmoqchimiz, deydi huquq-tartibot mutasaddilari.

Hujum ortidagi sabablar, otishmani sodir etgan bolaning shaxsi haqida hozircha ma'lumot yo'q.