AQSh shimolidagi Viskonsin shtatida olti sikxni o’ldirgan amerikalik sobiq zobit ekani aytilmoqda.
Rasmiylar so'zlariga ko'ra, 40 yoshli Veyd Maykl Peyj 1990-yillarda olti yilcha armiyada xizmat qilgan va axloqsizlik bois safdan haydalgan.
Yakshanba kuni ertalab u Miluoki shahridagi sikxlar ibodatxonasiga kirib, otishma boshlagan va olti kishini, jumladan, besh erkak va bir ayolni o’ldirgan. Politsiya keyin Peyjni otib o’ldirgan.
Bu odamning badani tatuirovkalar bilan qoplangan bo’lib, ulardan birida “9-11” deya yozilgan, deydi politsiya. 2001-yilning 11-sentabri Qo’shma Shtatlar tarixidagi mash’um kunlardan sanaladi.
Voqea mahalliy terrorizm deya ta'riflanmoqda. Salla o’rab, soqol qo’yib yuradigan sikxlarni ko’pincha musulmon deb adashtirishadi. 2001-yilgi fojea ketidan to’rt kun o’tib, Arizona shtatida bir sikx o’ldirib ketilgan edi.
Amerika huquq faollarining aytishicha, Peyj shovinist, millatchi, mahalliy irqchilar jamoasi yetakchisi bo'lgan.
Prezident Barak Obama deydiki, Amerika jamiyat sifatida o’zining harakatlarini puxta tahlil qilishi, ichki tug’yonlarni yaxshilab o’rganishi lozim.
"Hujumni sodir etgan shaxs etnik nafrat hissi bilan yongani ayon bo’lsa, holimiz voy", - deydi Obama.
Politsiya Peyjning uyini tintuv qilgan, biror dalil-sabablar haqida hali biror ma'lumot yo'q.
Hindiston Bosh vaziri, sikxlardan bo’lmish Manmoxan Singx fojeadan dahshat va qayg’uda.
“Ibodat uchun to’plangan odamlar qirg’inga uchragani ayanchli. Afsus-nadomatlar… Amerika hukumati bo’lib o’tgan voqeani tergov qilib, ortiq takrorlanmasligini ta’minlaydi degan umiddamiz”, - dedi Singx.
O’lganlar 39-84 yoshlar oralig’ida bo’lgan. Yana uch odam qattiq yaralangan.
"Miluoki juda osuda joy. Lekin bu kabi fojea har yerda ro'y berishi mumkin... Odam hayotning qadriga yetib yashashi kerak ekan", - deydi mahalliy aholi vakillari.
Sikxizm taxminan 500 yil oldin bugungi Hindiston va Pokiston hududida paydo bo’lgan.
Bugun bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni 20 million atrofida. Amerikada ular chamasi 400 ming-bir million kishi.