Muhojirlar: Silikon vodiysining rang-barang madaniyatini yoqtiramiz

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

AQShda texnologiya kompaniyalari beshigi hisoblangan Silikon vodiysini turli madaniyat va tillar o’chog’i ham deyish mumkin. Bu yerda butun dunyodan mutaxassislar yig’ilgan. Ayrim joylarda muhojirlar uchun yangi biznes boshlash qiyin bo’lishi mumkin, lekin Silikon vodiysida emas, deydi bu yerlik tadbirkorlar.

Heyli Chyu va uning ukasiga yangi o’yinchoq juda yoqdi.

“O’yin qoidalarini o’rgatadigan kitobchasini ham o’qishmadi. Qo’lga olishlari bilan o’ynab ketishdi”, - deydi ularning onasi.

Ular qo’lida “Osmo” kompaniyasining dasturlashni o’rgatadigan o’yinchog’i. U bolalarga kodlashning asosiy tamoyillarini o’rgatadi. iPadga ulangan bloklar yordamida buyruqlar mantiqiy terib chiqiladi.

“Eng muhimi sizdagi g’oya, qanday fikrlashingiz. Dasturlash tilini bilish shart emas. Uni texnika va sizning o’rtangizdagi aloqa vositasi deb bilish mumkin”, - deydi kompaniya asoschilaridan biri Pramod Sharma.

“Mavzuni bolalarga xos ruhda tushuntiradi. Qo’rqmasdan o’ynashlari, sinab ko’rishlari mumin”, - deydi ona.

Prashod Sharmaning aytishicha, sinab ko’rishdan qo’rqmaslik ruhi aynan Silikon vodiysiga xos.

“Cheklangan resurslar bilan qanday qilib yaratuvchan bo’lish mumkin? Qiyini shunda. Ajoyib tomoni esa sizda erkinlikning borligi. Xohlagan narsangizni qilishingiz mumkin”, - deydi u.

Sharmaga ko’ra, “Osmo”ning o’yinchoqlari global miqyosda bolalarga birdek yoqadi; chunki til va madaniyatlardagi farqlar unga to’siq emas. Shuning uchun kompaniyamizda dunyoning turli joylaridan odamlar bor, deydi u.

“Har doim turli madaniyatlarga oid odamlarni yig’ishga harakat qilamiz. Chunki bizning mahsulot o’rganishni xohlaydigan turli joydagi bolalar uchun”, - deydi u.

Rang-baranglik faqat Sharmaning kompaniyasida emas. Butun Silikon vodiysida turli til va madaniyatdagi odamlar texnologiya tilida so’zlashadi.

“Tajribamdan bilamanki, qanday ko’rinishingiz, tilingiz yoki talaffuzingiz emas, balki qanday g’olalarga ega ekaningiz va o’y-qarashingiz muhim”, - deydi Sharma.

Butun dunyodan texnologiya mutaxassislarini Silikon vodiysiga tortayotgan narsa ham shu: madaniyatlar rang-barangligi hamda ijod qilish erkinligi.