Barak Obama va Vladimir Putinning kelasi oy Moskvada o’tishi rejalangan uchrashuvini Oq uy bekor qildi. Bunga bir sabab – Rossiya josuslikda ayblanayotgan Amerika fuqarosi Edvard Snoudenga vaqtincha boshpana berganidir.
29 yoshli yigit Moskva aeroportida bir oy turdi, so’ngra Rossiyaga kirishga ruxsat oldi. Snouden fosh etgan maxfiy ma’lumotlar xoinlik borasidagi bahslarni avj oldirdi.
Edvard Snouden AQSh hukumati fuqarolarning telefon so’zlashuvlari va internetda qaysi sahifalarga kirayotganini kuzatib borayotgani haqida dunyoni xabardor qildi. Xo’sh, u sotqin degan tamg’aga loyiqmi?
AQShning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi sobiq elchisi Jon Bolton “ha” deya javob beradi.
“U AQSh davlat sirlarini Xitoyga, Rossiyaga berib yuborgani shubhasiz. Ayrimlar bu ayg’oqchilik emas deyishi mumkin, lekin mening nazarimda davlat sirlari haqida dunyoga jar solishdan yomoni yo’q, chunki birvarakayiga 190 hukumat ular haqida bilib oladi”, - deydi Bolton.
Villanova universitetidan Deyvid Barret esa Edvard Snoudenni maslagidan, so’zidan qaytib, dushman tarafga o’tib olgan bir shaxs deb ta’riflaydi. Maxfiylikka rioya qilaman deb ont ichgan, hujjatlarga qo’l qo’ygan razvedka xodimi uchun bu jiddiy jinoyat, deydi xavfsizlik bo’yicha mutaxassis.
AQSh Adliya vazirligi Snoudenga quyidagi ayblovlarni qo’ydi: hukumat mulkini o’zlashtirish; mamlakat mudofaasiga taalluqli informatsiyani noqonuniy tarqatish; hamda maxfiy razvedka ma’lumotlarini ataylab boshqalarga uzatish.
Kompyuterchi yigitning aytishicha, hukumatning pinhona kuzatuv dasturlarini fosh etishdan maqsad bu masalani omma muhokamasiga olib chiqish bo’lgan.
“Snouden bunga erishdi ham”, - deydi huquqshunos Stiven Vladek. Uning fikricha, Vashingtonda bahs-muhokamalar boshlanib ketgani yaxshi bo’ldi. “Uni jinoyatchi yoki xoin deyishsa ham mayli. Ba’zida haqiqatga yetish uchun qonunni buzishga to’g’ri keladi”, - deydi ekspert.
Aziz Haq Chikago universitetida konstitutsiyaviy huquqdan dars beradi. Uning ta’biricha, Edvard Snouden xoin emas.
“Qonunda xoinlik juda aniq ta’riflangan. Nafaqat federal qonunlarda, balki davlat konstitutsiyasida ham. Bu ta’rifga ko’ra, urush paytida dushmanga ko’mak bersangiz sotqinsiz”.
Masalan, Ikkinchi jahon urushi paytida natsistlar armiyasida xizmat qilgan amerikaliklarga shunday tamg’a bosish mumkin.
“Sotqinlikda aybdor topilgan amerikalik Adam Gadan, masalan, Al-Qoida terror guruhi safiga qo’shilib, ingliz tili bo’yicha so’zlovchi bo’lib ishlagan. Amerikaning dushmaniga ongli ravishda va sidqidilgan xizmat qilgan mana shu fuqaroni sotqin deyish asosli. Snoudenning ishi tubdan farq qiladi”, - deya tahlil qiladi Chikago oliygohi olimi.
Jamiyat muhokamasiga molik bir masala haqida ommani ogoh qilgan shaxsni sotqinga chiqarish no’orin, deydi Aziz Haq. Ommaviy so’rovlarda amerikaliklarning 55 foizi ham xuddi shunday fikr bildirgan.
Your browser doesn’t support HTML5