Breaking News

Obama Rossiyani Snouden uchun tanqid qilib, Putin bilan ko'rishmoqchi emas


AQSh-Rossiya: Snouden mashmashasi/US Snowden
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:43 0:00

AQSh-Rossiya: Snouden mashmashasi/US Snowden

Prezident Barak Obama AQSh razvedkasining sobiq xodimi Edvard Snoudenga Rossiyada siyosiy boshpana berilganidan afsusda ekanini aytdi. Snouden Amerikaning mafxiy kuzatuv dasturlarini oshkor qilganlikda ayblanmoqda.

Obamaning aytishicha, ikki davlat o’rtasida ekstraditsiyaga doir bitim bo’lmasa-da, Qo’shma Shtatlar o’tmishda Rossiya bilan bu borada hamkorlik qilishga intilgan. Ba’zida Rossiya Sovuq urush davriday fikrlaydi, deydi AQSh rahbari.

Obama sentabr oyida Sankt-Peterburgda bo’ladigan Katta Yigirmalik sammitida ishtirok etishini tasdiqladi, biroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan AQSh-Rossiya ikki tomonlama sammiti doirasida Moskvada kutilgan yuzma-yuz uchrashuvni bekor qildi.

Obama, shuningdek, Rossiyada gomoseksualizmni targ’ib qiluvchi qonunning qabul qilinganini tanqidga oldi. Jinsiy ozchilikdagi odamlarni kamsituvchi xorijiy qonunlarga toqatim yo’q, dedi u. Rossiya bunday qonun qabul qilgan yagona davlat emas.

Juma kuni AQSh davlat kotibi Jon Kerri va mudofaa vaziri Chak Xeygel Vashingtonda rossiyalik hamkasblari Sergey Lavrov va Sergey Shoygu bilan uchrashishi kutilmoqda.

Davlat departamentiga ko’ra, tomonlar Suriya, Afg’oniston va Erondagi vaziyat hamda strategik qurollarni qisqartirishga qaratilgan bitimni yangilash xususida fikr almashadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG