Tergovchilarning aytishicha, Janubiy Koreyada cho’kkan yo’lovchi kema kapitani halokat paytida rulda bo’lmagan.
Kema keskin burilish qilib, suvga g’arq bo’la boshlaganida boshqaruvda oddiy ofitser turgan.
“Seol” kemasi cho’kishi oqibatida 28 odam nobud bo’lgani aniq. Biroq talofatlar soni keskin oshishi kutilayapti. 268 odam hali ham qidirilmoqda, 179 yo’lovchi qutqarib olingan.
Paromda o’sha payt 475 odam bo’lib, shundan 325 nafari dam olishga ketayotgan maktab bolasi bo’lgan.
Bu orada, kemadan qutqarib qolingan maktab rasmiysi o’z joniga qasd qilgan. 52 yoshli Kan Min Kyu yuzlab bolalarni safarga olib chiqqan, ularning xavfsizligi uchun mas’ul edi.
U o’zini osgani xabar qilinmoqda. Min Kyu bo’lgan ish uchun o’zini aybdor his qilganini aytib xat qoldirgan.
Kema nima sababdan halokatga uchragani hali ham noma’lum.
Qarindosh-urug’, ota-onalar esa hukumatni sustkashlikda ayblab tanqid qilmoqda. Prezident Pag Gin Xe halokat ro’y bergan joyda oilalar bilan ko’rishar ekan, odamlarni tinchlantirishga urindi va qo’ldan kelgan barcha choralarni ko’rishga va’da berdi.