Janubiy Koreya, AQSh qo’shma harbiy mashqlar boshladi

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreyadan 10 ta kema, Qo’shma Shtatlardan suvosti kemasi va kreyser qatnashmoqda.

Janubiy Koreya va Qo’shma Shtatlar o’z jangovar tayyorgarligini sinash uchun Koreya yarimoroli sharqida qo’shma harbiy mashqlar boshladi.

Uch kunlik amaliyot Shimoliy Koreya navbatdagi yadroviy sinovni rejalayotgan bir pallada o’tmoqda.

Kommunistik davlat dekabrda uzoq masofani bosadigan raketani muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazgach, BMT Xavfsizlik Kengashi mamlakatni qo’shimcha sanksiyalar bilan jazolagan edi.

Rasmiy Pxenyan “ushbu sanksiyalar yadroviy tadqiqotlarni to’xtata olmaydi”, deya javob qilgan.

Amerika-Janubiy Koreya harbiy mashqlari Sharqiy dengizda, Pohang shahri yaqinida o’tkazilayapti.

Janubiy Koreyadan 10 ta kema, Qo’shma Shtatlardan suvosti kemasi va kreyser qatnashmoqda.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Kim San Van telefon orqali gaplashib, Shimoliy Koreya uchinchi marotaba yadro sinovi o’tkazsa, qat’iy javob berish zaruratini ta’kidlagan.