Janubiy Koreya-AQSh: Eng katta harbiy mashq

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreya mudofaa rasmiylarining aytishicha, AQSh bilan o'tkaziladigan bu safargi yillik harbiy mashg'ulot tarixda eng kattasi bo'ladi. Qo'shni Shimoliy Koreya yadro va raketa sinovlarini kuchaytirayotgan bir paytda Seul harbiy kuchini namoyish qilish orqali bunga o'z javobini bermoqchi.

Mudofaa vaziri Han Min-Kuning aytishicha, kelasi oy boshlanadigan mashg'ulotlarda 15 ming AQSh askari ishtirok etadi. Bu o'tgan yilgiga qaraganda ikki barobar ko'p. Mashqlarda yadro bombasiga ega samolyot tashuvchi Jon Stennis avinosetsi ham qatnashadi.

Pxenyan qo'shni yurt va Amerikani orol davlatga yurish rejalayotganlikda ayblab keladi.

Janubiy Koreya razvedka rasmiylarining ogohlantirishicha, Pxenyan janubiy koreyaliklarga qarshi terror xurujlarini amalga oshirishga tayyorlanayotgani haqida xabarlar bor.