"SpaceX" kompaniyasi Oyga odam uchirmoqchi

  • Amerika Ovozi

“SpaceX” kompaniyasi 2018-yil Oyga sayyohlik xizmatini boshlashini ma’lum qildi.

Kompaniya asoschisi Ilon Maskning aytishicha, “Dragon 2” havo kemasida ikki sayyoh oy atrofini aylanib chiqadi. Safar davomida ular 500-650 km. atrofida yo’l bosadi. Sayyohlarning kimligi va qancha pul to’layotgani ma’lum emas.

Havo kemasi avtomatik harakatlanadi. Shu bois maxsus tayyorgarlik shart emas. Shunga qaramay, uchuvchilar batafsil ko’rik va mashg’ulotlardan o’tadi.

Muvaffaqiyatli yakunlasa, ular 1972-yilgi “Apollo 17” parvozidan so’ng oyga uchgan ilk fazogirlar bo’ladi.

“SpaceX” Xalqaro Fazo Markaziga yuk yetkazish va kelajakda odam uchirish bo’yicha NASA bilan shartnoma tuzgan ikki xususiy kompaniyaning biri. Maskka ko’ra, kelasi yilning o’rtalaridan boshlab, fazo markaziga odam jo’natish boshlanadi.

Your browser doesn’t support HTML5

Oyga safar