NATO harbiy qo’mondoni admiral Jeyms Stavridisning aytishicha, Afg’onistonda muammolar ko’p bo’lishiga qaramay hukumat va xavfsizlik kuchlari barqarolikni ta’minlashga va xorijiy qo’shinlar mamlakatdan chiqqandan so’ng terrorchilarning qayta kuchayishiga yo’l qo’ymaslikka qodir. “Amerika Ovozi” admiral Stavridis bilan shu haqda suhbatda bo'ldi.
Admiral Stavridis to’rt yil avval NATO ning Yevropadagi qo’shinlari qo’mondoni, bir necha kun o’tib esa alyans oliy qo’mondoni etib tayinlangan.
O’shandan beri Stavridis Afg’onistonda bir necha bor bo’lib, u yerda xizmat qilayotgan qo’shinlar va qo’mondonlarga strategik ko’rsatmalar bergan.
Alyansning Afg’onistondagi 11 yillik kampaniyasi davomida va Stavridis qo’mondon bo’lganidan beri o’tgan so’nggi to’rt yil ichida minglab odamlar qurbon bo’ldi, milliardlab dollar sarflandi. Harakatlarimiz zoye ketmaydi, deydi admiral.
"Mening qo’mondonligim ostida so’nggi to’rt yilda muvaffaqiyatimizga shubhadan g’alabaga umid sari qadam tashladik. Yutuqqa erisha olamiz deb o’ylayman", - deydi admiral.
Uning aytishicha, afg’on xavfsizlik kuchlari ancha oyoqqa turgan, tayyorgarligi puxta. Ikki yil oldin Afg’onistonga safarim chog’ida bunga amin bo’lganman, deydi Stavridis.
Admiral nazarida, afg’on jamiyati ham yaxshi tomonga o’zgarmoqda. Shunga qaramay ayrim hududlarda toliblar bo’sh kelgani yo’q. Biroq, deydi admiral, kelasi yili xorijiy qo’shinlar, mahalliy askarlar murabbiylari va aksil-terror bo’yicha mutaxassislar Afg’onistonni tark etgach, xalqni jangarilarga yordam berishga undash qiyinlashadi.
"Tolibon shu paytgacha ajnabiy kuchlarga qarshi kurashyapmiz, deb kelgan. Bu bilan odamlarni ularga qo’shilishga da’vat qilgan. 2014-yildan keyin xorijliklar qolmaydi, toliblar afg’onlar bilan, birodarlari bilan yuzma-yuz qoladi. Shundan so’ng xalqqa da’vatlar ham barham topadi", - deydi NATO qo’mondoni.
Vaziyat o’ylanganidan boshqacha bo’lishi ham mumkin, albatta, biroq, Londondagi qirollik institutida Afg’oniston bo’yicha mutaxassis Mettyu Uillis admiral bilan ayni fikrda.
"Afg’onlar bu ishni uddalashiga ishonaman. Ko’plar 2014-yildan so’ng Afg’oniston 90-yillardagi vaziyatga, fuqarolik urushiga qaytadi, deb o’ylamoqda, biroq hozircha bunday o’ylashga sabab yo’q", - deydi tahlilchi.
Ammo uzoq yillik urush va ushalmagan orzulardan so’ng odamlarda qat’iy ishonch ham yo’q. Faqat umid va ogohlik.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarida 37 yil xizmat qilgan admiral Stavridis iste’foga chiqishga hozirlik ko’rar ekan, afg’on urushidan muhim bir saboq oldim, deydi.
"21-asrda xavfsizlikka qurol bilan erishib bo’lmaydi", - deydi admiral.
Uning aytishicha, urush emas, balki xalqaro darajada hamkorlik hamda demokratik qadriyatlarni tushuntirib, targ’ib qiladigan muloqot strategiyasi yordamida haqiqiy xavfsizlik va ozodlikka erishish mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5