Halabda isyonchilar va al-Qoida olishayapti

  • Amerika Ovozi

Halab

Suriyada isyonchilar Halab shahrining al-Qoida qo’lidagi qismini nazoratga olgan.

Mamlakatda islomiy davlat qurishni rejalagan jangarilar bunga javoban o’ch olishini aytmoqda.

O’zini Iroq islomiy davlati va Levant deya tanitgan yirik guruh kecha internetda e’lon qilgan bayonotida isyonchilarni barbod qilishini bildirgan.

Sal oldin al-Qoidaga aloqador boshqa guruh otishmani to’xtatishga da’vat etib chiqqan edi. Suriyada mayda jangari bo’linmalar o’zaro olishib keladi.

Jangarilar Suriya hukumati bilan murosaga qarshi va shu oy Jenevadagi xalqaro tinchlik anjumanida qatnashadigan isyonchilarni tanqid qiladi.

Suriya, Damashq, Halab