Xalqaro Amnistiya tashkiloti Rossiya va Suriya kuchlarini Halab shahri tevaragidagi kasalxona va boshqa tibbiy muassasalarni atayin bombardimon qilganlikda aybladi.
Huquq tashkiloti vakili Tirana Hasanning aytishicha, oxirgi uch oydirki, bu qo'shinlar xalqaro qoidalarni qo'pollarcha buzib, tibbiy muassasalarga bomba tashlayapti. Bu harbiy strategiyaning bir qismiga aylandi, deya dahshatda Hasan.
Xalqaro Amnistiya oltita tibbiy obyektga qilingan hujumga doir dalillari bor ekanini aytmoqda. Hujumlarda uch fuqaro, jumladan, tibbiyot xodimi nobud bo'lgan. 44 kishi jarohatlangan.
Strategiya esa shaharni tinch aholidan tozalash, xususan, kasalxona, suv va elektr ta'minotini izdan chiqarib, piyoda qo'shinlarga yo'l ochib berish bo'lgan.