Arab Ligasining Suriyaga doir majlisi qoldirildi

  • Amerika Ovozi

Suriyaning Marea shahri, isyonchilardan biri dafn etilmoqda, 9-avgust, 2012-yil.

Suriyada armiya isyonchilarga qarshi janglarni davom ettirar ekan, mamlakatning aksariyat qismi aloqasiz qolgan. Aloqa tizimini kim uzgani ma’lum emas.

Bugun Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Arab Ligasi tashqi ishlar vazirlari majlis qilishi kerak edi, ammo ma’lum sabablarga ko’ra majlis qoldirilgan. Unda Suriyadagi vaziyat va yangi maxsus vakil nomzodi muhokama etilishi kutilmoqda.

Kofi Annan oy boshida iste’foga chiqqan. Majlis qachonga qoldirilgani hozircha ma’lum emas.

Bu o’rtada AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton Turkiyada Suriya masalasi xususida gaplashmoqda. Klinton prezident Abdulla Gul, Bosh vazir Rajab Toyib Erdog’an va boshqa rasmiylar bilan muloqot qilmoqda.