Ostonada Suriya bo'yicha muzokarachi davlatlar majlisi o'tdi

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Rossiya, Turkiya, Eron va BMT ekspertlari bugun Qozog’iston poytaxti Ostonada uchrashib, Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi.

Biror kelishuv imzolanmagan. Majlisda sulh shartnomasini qanday tatbiq etish, monitoring hamda Suriyaga gumanitar yordam yetkazish haqida gap ketdi.

Yanvar oyida ham Ostonada uch davlat tashabbusi bilan tashkil qilingan anjumanda Suriya hukumati va unga qarshi kurashayotgan muxolifat vakillari qatnashgan edi. Mojaroga siyosiy yechim topishga kelishib olingan o’shanda.

Biroq Suriya Prezidenti Bashar al-Assadning hokimiyatdan ketish-ketmasligi xususida aniq gap yo’q. BMT olg’a surayotgan reja yangi konstitutsiya qabul qilinib, saylov o’tkazishni nazarda tutadi.